Termiz shahar hokimi O`ktam To`raev o`z majlisida aholi tomonidan chiqindilar belgilanmagan joyga tashlab ketilgani, bundan chiqindi korxonasining xabari bo`lmagani uchun korxona rahbarini 15 sutkaga qamash haqida ichki ishlarga topshiriq bergan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaeva telegram kanalida xabar bergan.
Hokimning topshirig`i noqonuniy bo`lishiga qaramay IIB tadbirkorni olib ketib, ayni vaqtda uni IIB binosida hibsda saqlamoqda.
"Mazkur holatga qonuniylikni nazorat qiluvchi yuqori organlar huquqiy baxo berishini va tadbirkorni zudlik bilan ozod qilishlarini so`raymiz" deb yozadi deputat.
26.11.2023 11:12
Termiz shahar hokimi O`ktam To`raev tadbirkorni 15 sutkaga qamashga topshiriq berdi






