AsosiyJamiyat

O`RVIga qarshi kurashda qaysi mahsulotlarni iste`mol qilish foydali?

'O`RVIga qarshi kurashda qaysi mahsulotlarni iste`mol qilish foydali?'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi O`RVIga qarshi kurashda iste`mol qilish foydali bo`lgan mahsulotlar haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mavsumiy o`tkir respirator kasalliklarga qarshi kurashishning eng samarali yo`li organizm immunitetini ko`tarishdir. Quyidagi bir qator mahsulotlar inson immun tizimi uchun foydali:

  • Limon. Uni maydalab, bir oz shakar qo`shib kun davomida uch martagacha bir choy qoshiqchadan iste`mol qilish immunitetni mustahkamlashda samara beradi.
  • Na`matak. Na`matak sharbati, mevalaridan choy damlab ichish juda foydali. Kechqurun termosga o`n dona na`matak mevasi soling va ustidan qaynoq suv quying. Ertasiga kun bo`yi mazkur damlamadan ichib yuring. Bu ichimlik immunitetni ko`taradi.
  • Tuzlangan karam. Tuzlangan karamga bir oz zaytun moyi va mayda to`g`ralgan boshpiyoz qo`shib iste`mol qilish koni foyda.
  • Piyoz. Piyoz tabiiy antibiotik hisoblanadi.
  • Sarimsoq. Shamollash va virusdan asraydi, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan kasallangan bemorlar uchun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.
  • Tvorog. Uy sharoitida tayyorlangan tvorog ayniqsa o`ta foydali.
  • Tuxum. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, B2, B5, B6, B9, B12, D, K kabi vitaminlar, shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganes temir kabi foydali vitaminlar bo`ladi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, ushbu mahsulotlarni sevib iste`mol qiluvchilarning kasallikka chidamliligi yuqori bo`ladi, kasallikka chalinganda ham uni engib o`tishi immun tizimi uchun nisbatan oson chekadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar