AsosiyJamiyat

Namanganda tez yordam mashinasi YTHga uchradi. Natijada haydovchi halok bo`ldi

'Namanganda tez yordam mashinasi YTHga uchradi. Natijada haydovchi halok bo`ldi'ning rasmi

Namanganda ichida ikki nafar haydovchi va feldsher bo`lgan tez yordam mashinasi YTHga uchradi. Bu haqda viloyat SSB xabar bermoqda.

2023 yil 26 noyabr kuni Chortoq tuman tez tibbiy yordam Alixon shoxobchasi haydovchisi 1988 yil tug`ilgan A. N. navbatchilikni qabul qilgandan so`ng, feldsher X.T. bilan birga dori-darmon olish uchun Alixondan Chortoq tuman tez tibbiy yordam markaziga yo`l olgan.

Ma`lumotga ko`ra, haydovchi pastki Qorabog` qishlog`idan o`tib kelayotgan vaqtda oldinda harakatlanib kelayotgan Damas to`satdan to`xtab olgan. "103" xizmati haydovchisi YTHni oldini olish maqsadida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib yuborgan. Buning oqibatida, Cobalt bilan to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, harakatni boshqarib kelayotgan haydovchi A.N. og`ir tan jarohati olgan. U yonida o`tirib kelgan haydovchi sherigi S.I. bilan birgalikda Chortoq tuman tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib kelingan. Shifoxonada haydovchi A.N. vafot etgan. Ikkinchi haydovchi S.I. “bosh miya yopiq shikasti, peshona sohasi shilinib-yirtilgan jarohati” bilan shifoxonaga yotqizilgan, hozirda holati qoniqarli. Feldsher X.T. hech qanday tan jarohati olmagan.

"Yuqorida holat yuzasidan shuni ma`lumot o`rnida aytib o`tish kerakki, sanitar mashina texnik holat soz bo`lganligi, bu baxtsiz tasodifiy YTH ekanligini ma`lum qiladi", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar