AsosiyJamiyat

Samarqandda IIO xodimi va fuqarolar o`rtasida janjal sodir bo`ldi (video)

'Samarqandda IIO xodimi va fuqarolar o`rtasida janjal sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Samarqandda fuqarolar va IIO xodimlari o`rtasida janjal sodir bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati IIb Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Joriy yilning 20 noyabr soat 19:30 atrofida Samarqand shahar "Bunyod" mahallasida yashovchi fuqaro M.R. "102" operatoriga qo`ng`iroq qilib, yashash xonadonida janjal bo`layotganligini ma`lum qilib, profilaktika inspektorini yuborishni so`ragan.

Shunga ko`ra, Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB 6-son IIB profilaktika inspektori fuqaroning yashash xonadoniga borganida, muqaddam JKning bir necha moddalari bilan sudlangan fuqarolar M.R. uning opasi, turmush o`rtog`i va ukasi o`zaro janjallashayotganligini ko`rib, ularni ajratib, janjalga chek qo`yish jarayonida, fuqarolar profilaktika inspektoriga faol qarshilik ko`rsatib, uni turli joylariga urib tan jarohati etkazib, profilaktika inspektoriga tegishli bo`lgan transport vositasining old oynasini sindirib moddiy zarar etkazishgan.

Voqea joyi tegishli tartibda ko`zdan kechirilib, fuqarolarga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar