O`zbekiston TIV vaziri Baxtiyor Saidov Yangi Zelandiyaning O`zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Sara Uolsh xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda O`zbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda samarali hamkorlik uchun innovasion qishloq xo`jaligidan tortib yashil energiyagacha bo`lgan ko`plab yangi va istiqbolli yo`nalishlarni o`rganish orqali ikki mamlakat o`rtasidagi uzoq masofani qisqartirish yo`llari muhokama qilindi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlardagi ulkan salohiyatni ro`yobga chiqarishga qaratilgan faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.






