AsosiyJamiyat

Olmaliq shahrining bir necha ko`chasida transport harakati vaqtincha to`xtatiladi

'Olmaliq shahrining bir necha ko`chasida transport harakati vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Bugun soat 17:00dan 24:00gacha Amir Temur ko`chasining Kamalak chorrahasidan Gulshan ko`chasi bilan kesishgan qismigacha barcha tutashgan (Furqat, Yuksalish, Alisher Navoiy, Obihayot va Istiqbol) ko`chalar, shuningdek, Yuksalish ko`chasining Parvoz ko`chasi bilan kesishgan qismi va Alisher Navoiy ko`chasining Istiqbol ko`chasi bilan kesishgan qismi yopilib, avtomobil transport qatnovi harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Saqsad - "Olmaliq KMK” AJning OKMK va Saudiya Arabistonining Al-Ittihod futbol jamoasi o`rtasida Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi o`yinini yuqori saviyada o`tkazish hamda jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta`minlash va yo`l-transport harakatini tartibga solish.

 

 

    Boshqa yangiliklar