Avval xabar berilganidek, "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko`ra, quyidagi jarayonlarni internet orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
- falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o`tkaziladigan dissertasiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
- o`rta-maxsus va professional ta`lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik liseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
- OTMlar bazasidagi harbiy ta`lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:
- ️umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
- ️chaqiriqqacha boshlang`ich tayyorgarlik dasturi bo`yicha bilim darajasini baholash.






