“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim hududlarda chang-to`zon kuzatiladi. Harorat 20-25° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.