AsosiyJamiyat

“Antistrumin” ishi bo`yicha tergov tugaguniga  qadar ushbu jinoyat ishiga oid ma`lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz - Bosh prokuratura

'“Antistrumin” ishi bo`yicha tergov tugaguniga  qadar ushbu jinoyat ishiga oid ma`lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz - Bosh prokuratura'ning rasmi

“Antistrumin” dori vositasi bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, hozirda Bosh prokuratura tomonidan ushbu ish bo`yicha jinoyat-prosessual qonunchilik asosida dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakuniga etmagan bo`lsada, jinoyat ishi doirasida 3 nafar ayollar qamoqqa olinganligi haqidagi ma`lumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatib kelinmoqda. 

Tarqatilayotgan ushbu ma`lumotlar tergovning ob`ektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.

“Jinoyat-prosessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir ma`lumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib o`tamiz.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga  qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu jinoyat ishiga oid ma`lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.

Tergov natijasi haqida qo`shimcha ravishda ma`lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.


 

 

    Boshqa yangiliklar