Ekateringburgda qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi, deya xabar qilmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.
Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federasiyasining Ekateringburg shahriga vaqtincha mehnat qilish maqsadida 2022 yilda borgan fuqaro O.X. shu yilning 20 noyabr kuni baxtsiz hodisaga uchragan.
Qiyin ahvolga tushib qolgan shaxs Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Vatanga qaytarildi va Namangan viloyati hududiy filiali mas`ullari tomonidan Namangan xalqaro aeroportida kutib olinib, yashash manziliga kuzatib qo`yildi.