AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining "Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdimi? Oydinlik kiritildi (video)

'Toshkent metrosining "Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdimi? Oydinlik kiritildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent metropoliteni”ning "Kosmonavtlar" bekatida yong`in chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 28 noyabr sanasida "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida joylashgan Toshkent elektr tarmoqlariga tegishli elektr kabellarda qisqa tutashuv holati yuzaga kelgan va bu holat mas`ullar tomonidan tezkor ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida bartaraf etilgan.

Shuningdek, yuzaga kelgan ushbu holat metropoliten faoliyatiga ta`sir qilgani yo`q. Metropolitenning «Kosmonavtlar» bekatida barcha qurilmalar normal holatda ishlamoqda.

"Shu o`rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi o`z tasdig`ini topmagan ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar