AsosiyJamiyat

Farg`onada 3ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Farg`onada 3ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 28 noyabr kuni soat 08:15 atrofida Buvayda tumani, “Yangiqadam” M.F.Y hududidan o`tgan “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, svotaforning qizil chirog`ida to`xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilning ortidan harakatlanib kelayotgan Nexia-2, Tiko va Hyundai Porter  rusumli avtomobillar qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlamaganligi sababli o`zaro to`qnashgan.

Natijada Tiko avtomobili haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Buvayda tumani IIB YXXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar