AsosiyJamiyat

Toshkentda universitet qoshida "Energetika bo`yicha mutaxassislar tayyorlash markazi" ochildi

'Toshkentda universitet qoshida "Energetika bo`yicha mutaxassislar tayyorlash markazi" ochildi'ning rasmi

Bugun, 28 noyabr kuni Toshkent shahridagi Adju universiteti qoshida "Energetika bo`yicha mutaxassislar tayyorlash markazi”ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda Koreya Energetika Agentligi, Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi, O`zbekiston Respublikasi, Koreya iqlim o`zgarishi instituti, Energetika vazirligi hamda universitet rahbariyati va talabalari ishtirok etdi.

Xususan, markaz yurtimizda energetika sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida qisqa muddatli o`quv kurslarini tashkil qiladi. Tadbir davomida mehmonlar zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan o`quv markazning qulayliklari bilan tanishishdi. 

Ta`kidlash joizki, Adju universiteti yurtimizda yashil iqtisodiyot hamda energetika sohasiga salmoqli hissa qo`shishni o`z oldiga maqsad qilib, yanada o`zaro hamkorlik loyihalarni yo`lga qo`yishni davom ettiradi.

    Boshqa yangiliklar