Atmosfera bosimidagi o`zgarishlar ba`zi toifa kishilar sog`lig`iga ta`sir ko`rsatyapti, deya ma`lum qilmoqda gidrometeorolog E. Abdulahatov.
Ma`lum qilishicha, past bosimli atmosfera sohasi yuqori bosimli atmosfera bosimli soha bilan o`rin almashqmoqda. Bunda hozirgi vaziyatda atmosfera bosimi tez ko`tarilib borish tamoiliga o`tadi.
O`zgidrometning data.meteo.uz platformasida ham kuzatuv punktlarida so`ngi o`n minutlikda (soat 15.00) joylarda atmosfera bosimi 1022-1030 gPa orasidagi qiymatda bo`lib, asta yuqori ko`tarilib bormoqda.
"Ba`zi kishilarda arterial qon bosimida o`zgarishlar kuzatilmoqda.
Hozir geomagnit bo`roni xavflilik darajasi sokinlikka ega (1 ball). Demoqchiman, kishilardagi o`zgarishlar geomagnit ta`sirida ro`y bermayapti. Xavo bosimining tez o`zgarishi sog`liqqa ta`sir etmoqda", - deb ta`kidlaydi mutaxassis.






