AsosiyJamiyat

Dekabr qish uchun xos bo`lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi

'Dekabr qish uchun xos bo`lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi'ning rasmi

Dekabr oyi uchun ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, dekabr oyi sovuq bo`lmaydi. O`rtacha oylik harorat me`yordan yuqori, ba`zi hududlarda me`yor atrofida bo`lishi kutilmoqda.

Shuningdek, havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasayishi holatlari kuzatiladi. Dekabr oyi uchun bu normal holat.

Eng issiq kunlarda havo harorati +15, +18 darajagacha, janubda +20, +22 darajagacha ko`tariladi.

Dekabr oyi boshlanishi qish uchun xos bo`lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchiliksiz, quruq, havo harorati kechalari +2, +7°S, kunduzlari +13, +18°S iliqbo`lishi kutilmoqda. Dekabr oyining bunday quruq va iliq boshlanishi O`zbekistonda juda kam uchraydi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, O`zgidromet prognoziga ko`ra, havo harorati kechalari 5-8 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha, kunduzlari 15-18 daraja iliqdan 2-5 darajagacha iliq bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar