AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda 10 ta elektron doska uchun ota-onalardan 100 dollardan pul yig`ilyotgani aytilmoqda

'Toshkentdagi maktabda 10 ta elektron doska uchun ota-onalardan 100 dollardan pul yig`ilyotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi 284-sonli maktab tenderdan 10 ta elektron doskani yutgani, endilikda doskalar uchun har bir sinf ota-onalaridan 100 dollardan pul yig`ib berish talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi izoh berdi.

Aniqlanishicha, Sergeli tumanidagi 284-sonli umumta`lim maktabi 2023 yilning 1-mavsumida “Tashabbusli budjet” platformasi orqali yutib olgan 1 200 000 000 so`m mablag` evaziga 23  dona elektron doska xarid qilingan. 2023 yilning 2-mavsumida esa “Tashabbusli budjet” platformasi orqali yana 1 300 000 000 so`m mablag` yutib olinib, 20  dona elektron doska olingan va sinflarga tarqatilgan. Elektron doskalar uchun o`quvchilar va ularning ota-onalaridan hech qanday pul mablag`lari yig`ilmagan.

 

    Boshqa yangiliklar