53 yoshli britaniyalik ayol Sandra Blekman butun hayoti davomida tug`ilgan kunini boshqa sanada nishonlaganini bilib qoldi, deb xabar beradi “Vesti”.
Ayol yarim asr mobaynida 10 noyabr kunni tug`ilgan kuni deb bilardi. U tug`ilganliklik haqidagi guvohnomasini 2016 yildagina ko`rib qoldi. Ma`lum bo`lishicha, Blekman 11 noyabr kuni dunyoga kelgan, biroq mazkur ma`lumot ham xato bo`lishi mumkin.
Blekmanning so`zlariga ko`ra, tug`ilganlik haqidagi guvohnoma unga hech qachon kerak bo`lmagan. Yaqinda esa u o`zining bankdagi hisob raqamlarini tekshirib ko`rmoqchi bo`ldi, shuning uchun tug`ilganlik haqidagi guvohnomasini qo`lga oldi.
Aniqlanishicha, britaniyalik hayoti davomidagi barcha rasmiy hujjatlarni noto`g`ri to`ldirib kelgan. Biroq, bu hali hammasi emas.
Sandra bir qancha maktab davridagi xatlarni ham topib oldi. Ulardan birida Sandraning 12 noyabr kuni tug`ilgani qayd etilgan.
“Bir insonning uchta tug`ilgan kunga ega bo`lishi g`ayritabiiy. Biroq, men ulardan istalgan bir kunni bayram sifatida nishonlamoqchiman”, — deydi Blekman.
Afsuski, Sandrada aslida qachon tug`ilganini aniqlash imkoni yo`q. Sababi, uning onasi ham vafot etgan.
Sandrani kutayotgan eng katta muammo esa olti nafar farzandlarining hujjatlarini qayta rasmiylashtirish.





