1 dekabrdan boshlab BHM 340 ming so`mga oshadi. Shuning uchun ham 1 dekabrdan boshlab yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar quyidagicha belgilanadi:
• Texnik ko`rik, "aptechka" — 170 ming so`m (ayni vaqtda 165 ming so`m);
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik — 170 ming so`m (ayni vaqtda 165 ming so`m);
• Hujjatsiz yurish — 340 ming so`m (ayni vaqtda 330 ming so`m);
• Sug`urtasiz haydash — 340 ming so`m (ayni vaqtda 330 ming so`m);
• "Qizil" dan o`tish — 680 ming so`m (ayni vaqtda 660 ming so`m);
• Noto`g`ri "parkovka" — 680 ming so`m (ayni vaqtda 660 ming so`m);
• Telefonda gaplashish — 1 mln 20 ming so`m (ayni vaqtda 990 ming so`m);
• Raqamsiz haydash — 1 mln 700 ming so`m (ayni vaqtda 1 mln 650 ming so`m);
• Tezlikni oshirish (20 km/s) — 340 ming so`m (ayni vaqtda 330 ming so`m);
• Tezlikni oshirish (20-40 km/s) — 1 mln 700 ming so`m (ayni vaqtda 1 mln 650 ming so`m);
• Tezlikni oshirish (+40 km/s) — 3 mln 60 ming so`m (ayni vaqtda 2 mln 970 ming so`m);
• Qarama-qarshi harakatlanish — 3 mln 400 ming so`m (ayni vaqtda 3 mln 300 so`m);
• Mast holda haydash — 8 mln 500 ming so`m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 8 mln 250 ming so`m);
• Mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 5 mln 100 ming so`m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 4 mln 950 ming so`m);
• Ruxsatsiz "tonirovka" — 8 mln 500 ming so`m (ayni vaqtda 8 mln 250 ming so`m);
• "Tonirovka" dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 13 mln 600 ming so`m (ayni vaqtda 13 mln 200 ming so`m).






