AsosiyJamiyat

Toshkentda jamoat avtobuslari uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo`laklar tashkil etildi

'Toshkentda jamoat avtobuslari uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo`laklar tashkil etildi'ning rasmi

Transport vazirligi axborot xizmati Toshkent shahar transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Ushbu alohida yo`laklarda bir kunda 16 ming avtobus qatnovlari bajarilib, ularda qariyb 600 ming yo`lovchi tashilmoqda.

 Paxtakor, Beruniy, Rohat, Choshtepa, Qipchoq, Sergeli metro bekatlari yonida zamonaviy transport-o`tish bog`lamalari qurildi.  Ushbu transport-o`tish bog`lamalariga 50 ta avtobus yo`nalishi bog`lanib, kunlik 192 ming nafar yo`lovchiga xizmat ko`rsatilmoqda.

 Toshkent shahrida mavjud 396 ta avtobus oraliq bekati tartibga keltirilib, bekatlarda yo`lovchilar uchun to`siqsiz va xavfsiz muhit yaratildi.

 Tirbandligi yuqori bo`lgan chorrahalarni geometrik parametrlari qaytadan o`rganib chiqilib, 40 ta chorraha rekonstruksiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar