Dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`ylab havo ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika ba`zi joylarida tuman tushadi.
Havo harorati asta-sekin ko`tarila boshlaydi. Bugun kunning ikkinchi yarmida havo harorat 10-15° gacha, shanba va yakshanba kunlari 15-18° gacha iliq bo`ladi. Harorat kechasi 2-7° iliq atrofida bo`ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtda: bugun va dam olish kunlari havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. 1-2 dekabrda kechasi va ertalab tuman tushadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-7° iliq, kunduzi 1 dekabrda 13-15° , 2-3 dekabrda 15-17° iliq bo`ladi.






