Toshkent viloyati Chirchiq shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov hibsxonasida 22 yoshli yigit vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ombudsman holat yuzasidan o`rganish ishlarini boshladi.
Ombudsman mazkur holat Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili tomonidan nazoratga olinib, ishga taalluqli ma`lumotlar so`rab olingani, ishga oid hujjatlar o`rganilayotganini bildirdi.
“Ombudsman yuqorida qayd etilgan xabarlar yuzasidan tekshiruv har tomonlama, to`liq va qonuniy o`tkazilishini nazorat qiladi”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va marhumga sud-ekspertizasi tayinlangan.






