AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim sudyalar pensiya olish huquqidan mahrum etiladi

'O`zbekistonda ayrim sudyalar pensiya olish huquqidan mahrum etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda sudyalar va ularning oila a`zolari pensiya ta`minoti shartlari, me`yorlari hamda tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Sudyalar va ularning oila a`zolari pensiya ta`minoti shartlari, me`yorlari hamda tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Hukumat qaroriga ko`ra, sudyalik lavozimida pensiya olish huquqini ta`minlashda sudyaning pensiya yoshiga qadar benuqson obro`-e`tibor bilan faoliyat ko`rsatishi asosiy mezon hisoblanishini inobatga olib, sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, sudyalik pensiyasini olish huquqi istisno etiladi.

Ya`ni, sudyalar quyidagi hollarda vakolati muddatidan oldin tugatilganda pensiya olish huquqiga ega bo`lmaydi:

  • sudyaning qasamyodini buzganda;
  • tegishli sudyalar malaka hay`ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari to`xtatilganidan keyin u sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shug`ullanishni davom ettiravergan taqdirda;
  • O`zbekiston fuqaroligidan chiqqan yoki uni yo`qotganda;
  • sudya tomonidan tegishli sudyalar malaka hay`atining qarori bilan sudyaga vakolatlarini tugatish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo`llanilishiga sabab bo`lgan harakatlar sodir etilganda.

Sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan taqdirda, sudyalik istisno tariqasida, 6 oygacha bo`lgan muddat sudyalik lavozimidagi ish stajiga qo`shiladi.

Pensioner vafot etgan uch oy uchun oxirigacha olinmay qolgan pensiya summasi shu oy uchun to`liq to`lanadi. Bunga qadar ushbu oyning pensiyasi uning vafotigacha bo`lgan kunlar uchun to`langan.

    Boshqa yangiliklar