AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi 2 ta tumanning tog`li hududlarida zamonaviy turizm ob`ektlari barpo etiladi

'Qashqadaryodagi 2 ta tumanning tog`li hududlarida zamonaviy turizm ob`ektlari barpo etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining "Qashqadaryo viloyatining tog`li-rekreasion hududlarida zamonaviy xizmat ko`rsatish va turizm ob`ektlarini barpo etish chora-tadbirlari to`g`risida" qaror qabul qilindi

Hujjatga ko`ra, xorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va etakchi kompaniyalari ishtirokida Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur", "Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yig`inlari hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo`lgan er uchastkasida zamonaviy xizmat ko`rsatish majmualari va turizm infratuzilmasi ob`ektlari qurilishi bo`yicha reja ishlab chiqariladi.

Qarorda, shuningdek, Qamashi tumanining "Katta o`ra" mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo`lgan er uchastkasida mehmonxona, sog`lomlashtirish sanatoriysi, umumiy ovqatlanish ob`ektlari, dor yo`llari, tog`-chang`i kompleksi va boshqa turistik ahamiyatga ega ob`ektlar barpo etishni nazarda tutuvchi master loyihasi ishlab chiqilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Shahrisabz tumani hududidagi umumiy maydoni 240 gektar bo`lgan er uchastkasida "Shahrisabz" turistik markazi, Qamashi tumani hududidagi umumiy maydoni 58,6 gektar bo`lgan qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkasida "Maydanak baland tog`" turistik markazi tashkil etiladi.

Davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorga binoan, "Shahrisabz" va "Maydanak baland tog`" turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti tashkil etiladi. Hujjat bilan "Shahrisabz" va "Maydanak baland tog`" turistik markazi hududi chegaralari ham tasdiqlandi.

Unga ko`ra, Shahrisabz tumanining "Miraki", "Amir Temur"," Uloch" va "Polmon" mahalla fuqarolar yig`inlari hamda Qamashi tumanining "Katta o`ra" mahalla fuqarolar yig`ini hududlarida xususiy investisiyalarni jalb qilgan holda 2024-2025 yillarda qo`shimcha mehmonxonalar, mehmon uylari, xizmat ko`rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo`sh er uchastkalarini 10 yil muddatda teng ulushlarda bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan auksion savdolariga chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar