"Hududgazta`minot" havo harorati keskin pasayishi munosabati bilan aholiga gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko`rish bo`yicha murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, isitish moslamalari va ovqat tayyorlashda gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyasiya tizimiga alohida e`tibor berish zarur. Gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo`l qo`ymaslik va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo`qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilish so`ralgan.
"Hududgazta`minot"ning 16 mingdan ortiq xodimlardan iborat jamoasi kecha-yu kunduz zangori yoqilg`ini mamlakatning har bir iste`molchisiga etkazib berib, jamiyatimizning farovonligi yo`lida mehnat qilmoqda. Shuning uchun ham" "Hududgazta`minot" AJ favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun fuqarolardan tabiiy gaz iste`moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan oqilona foydalanishlarini so`raydi, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, ayni paytda «Hududgazta`minot»ning 16 mingdan ortiq xodimdan iborat jamoasi kecha-yu kunduz xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham "Hududgazta`minot" favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun fuqarolardan tabiiy gaz iste`moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan oqilona foydalanishlarini so`radi.
Shuningdek, iste`molchilarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash uchun to`lovni o`z vaqtida amalga oshirish zarurligi ham eslatib o`tilgan. To`lovlarni tuman gaz ta`minoti bo`limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to`lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Tabiiy gaz ta`minotini qaytadan boshlash uchun to`lovni amalga oshirish va hisoblagich bloklanib qolishini oldini olish maqsadida, uni yoqishdan oldin barcha gaz uskunalarini o`chirib qo`yish lozim. Ko`k rangli Enter tugmasining uch marta bosilishi yonilg`i ta`minotini davom ettirishga imkon beradi.
Noto`g`ri yoqilganligi sababli "aqlli" hisoblagich "blokirovka" bo`lib qolgan bo`lsa 1104 raqamiga qo`ng`iroq qilish kerak bo`ladi va "Hududgazta`minot" Call-markazi operatorlari hisoblagichni tizimga ulashda yordam beradi.






