Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi o`rtasida o`tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki,
— har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) etarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar iste`mol qiladi;
— aholining yarmi og`ir vaznli, 20 foizi semiz;
— 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;
— aholining o`rtacha tuz iste`moli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.
Bu Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar ko`p (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.
Aholi o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.
Shu o`rinda jismoniy faollik hamda ovqatlanish me`yor va qoidalariga amal qilmaslik;
Tarkibida tuz, qand, yog` miqdori ko`p bo`lgan taom va shirinliklarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish,
Shuningdek, etarli darajada vitamin va minerallar iste`mol qilmaslik oqibatiga to`xtalib o`tsak.
Birinchidan, yoshlarda rasional o`sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish,
Ikkinchidan, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o`sma kabi insonning erta o`limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo`ladi.






