AsosiyJamiyat

Farg`onada 2,8 mlrd so`mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to`xtatildi

'Farg`onada 2,8 mlrd so`mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to`xtatildi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya" tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda "Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg`ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda "O`zenergoinspeksiya" xabar berdi. 

Xususan, Uchko`prik tumanining Bog`ibo`ston mahallasida faoliyat ko`rsatuvchi MChJda fuqaro M.A. o`zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi ta`sir ko`rsatgan holda mayning qurilmalarini to`g`ridan-to`g`ri elektr tarmog`iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko`ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so`mdan ziyod zarar etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar