AsosiyJamiyat

Farg`onada “Baxti Tashkentskiy”ga yaqin jinoiy aloqasi bo`lgan Doston Xalilov ushlandi

'Farg`onada “Baxti Tashkentskiy”ga  yaqin jinoiy aloqasi bo`lgan Doston Xalilov ushlandi'ning rasmi

Farg`onada “Baxti Tashkentskiy”ga  yaqin jinoiy aloqasi bo`lgan Doston Xalilov ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Farg`ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo`yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

 “Baxti Tashkentskiy” laqabli Qudratullaev Baxtiyor Zaparovichga yaqin jinoiy aloqasi bo`lgan Farg`ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan, muqaddam  Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan, Xalilov Doston Xolbo`ta o`g`li qo`shni Qirg`iziston Respublikasiga qochib o`tmoqchi bo`lgan payt, "Do`stlik" chegara postida qo`lga olindi.  

Unga nisbatan Farg`ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPK ning 221-moddasi tartibida ushlandi.  

 

    Boshqa yangiliklar