AsosiyJamiyat

Kontraktni to`lash muddati 25 dekabrga qadar uzaytirildi

'Kontraktni to`lash muddati 25 dekabrga qadar uzaytirildi'ning rasmi

1-kurs va o`qishini ko`chirishga tavsiya etilganlar uchun to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddati 25 dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi. 

Bu qarorga ko`pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta`lim muassasalari rahbarlarining murojaatlari tufayli kelingan. 

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to`lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar, o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o`qishi uchun to`lov haqini o`tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so`nggi muddati 2023 yilning 25 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko`ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to`lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar