Kim Chen In beshinchi milliy onalar yig`ilishida mamlakatda tug`ilish darajasi pasayayotganidan xavotir bildirdi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy axborot agentligi. Davlat rahbari buni yoshlar o`rtasida “antisosialistik xulq-atvor muammosi” ortib borayotgani bilan bog`ladi va ayollarni “Partiya, inqilob va mamlakat uchun” imkon qadar ko`proq bola tug`ishga chaqirdi.
Kim Chen In o`z nutqida nafaqat ko`p farzandni dunyoga keltirgan qahramonlarga, etim bolalarni parvarish qilayotgan onalarga, Pxenyan va viloyat ayollar ittifoqi vakillariga minnatdorchilik bildiribgina qolmay, balki joriy yig`ilish “vazifalar”ni muhokama qilish uchun zarurligini ham ta`kidladi.
Ta`kidlanishicha, yig`ilganlar mehr va e`tiqodga to`la "mehribon" otaning murojaatini yig`lab tinglashgan.
KXDR etakchisi tug`ilish muammosiga birinchi marta e`tibor qaratayotgani yo`q. U 2021 yil iyun oyida bo`lib o`tgan “Onalar ittifoqi” konferensiyasida ham shu haqda gapirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mamlakat og`ir demografik muammolarga duch kelganini ta`kidlab, ko`p farzandli bo`lish an`analariga qaytishni maslahat bergan edi.






