Joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O`zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet direktori Sherzodxo`ja Habibullaxo`jaev xabar berdi.
9 dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 dekabrda shimoliy va cho`l hududlarida, 11 dekabrda respublika bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi






