AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatiga yangi sud raisi tayinlandi

'Navoiy viloyatiga yangi sud raisi tayinlandi'ning rasmi

Navoiy viloyati sudiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Abdulla Sa`dullaevich Allaev sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati sudi raisining o`rinbosari – jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimidan ketdi.

Shu jumladan:

Yalgashev G`iyosiddin To`lqinovich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudi raisining o`rinbosari – jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimiga;

Ilyosjon Yoqubjonovich Usmonov sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudi raisining o`rinbosari – jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati raisi lavozimiga tayinlandi.

Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, yozma arizalariga asosan Xamidulla Nasimovich Qudratov Navoiy viloyat sudining raisi lavozimidan, Abdumannon Murodovich Shaydoev Navoiy viloyati sudi raisining o`rinbosari – jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati raisi vazifasidan bo`shatilgan.

    Boshqa yangiliklar