AsosiyJamiyat

Andijonda ham reyd. Viloyatda uch nafar "o`zidan etakchi yasab olganlar" ushlandi

'Andijonda ham reyd. Viloyatda uch nafar "o`zidan etakchi yasab olganlar" ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyatida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, o`zidan "etakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo`lgan shaxslar ushlanmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, 2023 yilning 2 dekabr kuni o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida:

  • muqaddam Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish), 238 (Yolg`on guvohlik berish), 241 (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish), 165-moddalarida (Tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon tumanida yashovchi, 1985-yilda tug`ilgan Bayxnov Noufal Alisherovich;
  • muqaddam Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o`ldirish), 164 (Bosqinchilik), 165-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun bir necha marotaba sudlangan, Andijon shahrida yashovchi,1989-yilda tug`ilgan Umarov Umidbek Rafukjonovich;
  • muqaddam Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun sudlangan, Qo`rg`ontepa tumanida yashovchi, 1961-yilda tug`ilgan Mamajonov Dilmurod Adhamjanovich ushlangan.

 

Ularga nisbatan viloyat hududida mayda bezorilik, tovlamachilik, kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o`tkazish bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etganliklari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 165, 251−1 (Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish), 273-moddalariga (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish) asosan qo`zg`atilgan jinoyat ishlari doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Agar ushbu shaxslardan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Andijon viloyati IIBning „102“ raqami yoki 97−432−10−20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar