AsosiyJamiyat

Bojxonaning 54 nafar xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi. 3 nafari ishdan olindi

'Bojxonaning 54 nafar xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi. 3 nafari ishdan olindi'ning rasmi

Bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytida “Bojxona organlari xizmatiga ishga joylashish” onlayn sahifasi ishga tushirildi. 2022 yil 1 iyuldan e`tiboran, bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmat o`tagan xodimni rotasiya qilish tartibi joriy etildi. Rotasiya tartibi qo`llaniladigan lavozimlar ro`yxati va mezonlarini aniq belgilash asosida ushbu mexanizm takomillashtirildi.  

Ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga to`liq rioya etish hamda bojxona tizimi faoliyatida ochiqlik prinsiplariga amal qilish darajasini oshirish bo`yicha bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligi konsepsiyasi qabul qilindi.  

Korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish hamda inson omilini qisqartirish maqsadida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etildi. Xususan, 12 ta yangi axborot tizimlari,13ta yangi elektron xizmat, 6 ta mobil ilovasi ishlab chiqildi.  

Bojxona organlarida “Korrupsiyaviy xavflarni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilib, dastur yordamida xodimlar faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlar, shubhali vaziyatlar va umuman korrupsiyaga imkon yaratishi mumkin bo`lgan bo`shliqlar avtomatik aniqlab borilmoqda.  

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari hamda fuqarolarga bojxona organlari tomonidan ko`rsatilgan xizmatlarni baholash bo`yicha “Bojxona xizmatini baholash” mobil ilovasi ishlab chiqildi.  

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarida inson omilini qisqartirish orqali bojxona xodimi va tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ekti o`rtasidagi bevosita muloqotga barham berish maqsadida masofaviy elektron deklarasiyalash bojxona postlari tashkil etildi.  

Bu borada, joriy yilning sentyabr oyida Bojxona qo`mitasida Markazlashtirilgan “Masofaviy elektron deklarasiyalash” bojxona posti faoliyati yo`lga qo`yilib, hozirda ushbu bojxona postida respublika bo`yicha jami deklarasiyalarning 50 foizi rasmiylashtirilmoqda.  

Shuningdek, bojxona ko`rigi natijalari planshet yordamida tasdiqlanishi, GPS monitoring va videokuzatuv orqali xodimlar faoliyatini nazorat qilish yo`lga qo`yildi. Shuningdek, xavf darajasi past bo`lgan deklarasiyalar inson omili ishtirok etmagan holda avtomatik tarzda rasmiylashtirilmoqda.  

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan jami 68 ta nazorat tadbirlari o`tkazilgan bo`lib, 3 ta holatda korrupsiyaga qarshi qabul qilingan ichki tartib-qoidalar buzilganligi holati aniqlangan. 26 marotaba xizmat tekshiruvlari o`tkazilib, 54 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan bo`lsa, 3 nafar xodim bojxona organlari xizmatidan bo`shatildi.  

Kelgusida ham bojxona organlari bilan jamoatchilik, nodavlat tashkilotlar o`rtasida yaqindan hamkorlikni yo`lga qo`yish orqali bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligi oshiriladi.  

 

    Boshqa yangiliklar