Yashirin yog` ishlab chiqarish sexida 235 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Fuqaro I.V. fuqaro X.A.ga tegishli noturar binoning yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil etib, qo`lbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qo`yilgan yog` mahsulotlari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek I.V. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`g`rilik yo`li bilan ulanib, jami 235 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro “L.B.” tanishiga tegishli noturar binoning yordamchi xonasida yashirin sex tashkil etib, iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog` mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 600 litr yog`, 175 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






