“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun 50% chegirma e`lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Undan o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalari talabalari mahalliy yo`nalishlar uchun foydalanishlari mumkin.
Chegirma joriy yilning 23 dekabridan boshlab 2024-yilning 7 yanvarigacha bo`lgan aviaqatnovlarga amal qiladi.
Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.






