AsosiyJamiyat

Birja ortida yashiringan kiberjinoyat: Yoxud Buxoroda 21 yoshli yigit fuqaroning 19 ming dollarini o`zlashtirib oldi

'Birja ortida yashiringan kiberjinoyat: Yoxud Buxoroda 21 yoshli yigit fuqaroning 19 ming dollarini o`zlashtirib oldi'ning rasmi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 44 yoshli Q.G`. IIOga murojaat qilib, "VISA" bank kartasidan 19 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.

Ma`lum qilinishicha, A.B., Q.G`. bilan Telegram’da tanishib, FOREX elektron birjasida pullarini ko`paytirib berishini va`da qilgan. Natijada undan 19 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini o`tkazib olgan va yozishmalarni o`chirib yuborib, pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, mazkur jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar