AsosiyJamiyat

Chilonzorda qalbaki 20 000 AQSh dollarlarini teng yarmiga sotayotganlar qo`lga tushdi

'Chilonzorda qalbaki 20 000 AQSh dollarlarini teng yarmiga sotayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki  20 000 AQSh dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar