AsosiyJamiyat

Orol dengizi bo`yi va Ustyurt platosi yulduzlarni kuzatish uchun dunyoning TOP-10 turizm maskanlari qatoriga kiritildi

'Orol dengizi bo`yi va Ustyurt platosi yulduzlarni kuzatish uchun dunyoning TOP-10 turizm maskanlari qatoriga kiritildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning mashhur “Time out” saytida dunyoning turli burchaklarida sivilizasiyadan yiroq tabiiy hududlardagi "Stargazing" – yulduzlarni kuzatish uchun TOP-10 turizm maskanlar ro`yxatini e`lon qildi

Ma`lumot o`rnida, “Time out” nashriyoti 1968 yili o`z faoliyatini boshlagan bo`lib, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning global media mehmondo`stlik brendi sifatida tanilgan nufuzli nashriyot hisoblanadi.

Maqolada AQSh, Chili, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlarining turistik ob`ektlari bilan bir qatorda Qoraqalpog`istonning asosiy ekoturizm ob`ekti bo`lmish Ustyurt tekisligi va Orol dengizi ham qayd etilgan. Jumladan, dengizning qurib borishi va ekologik ofat oqibatlari bilan kurashishda Ekoturizmning alohida o`rni, bir necha yillardan beri xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatib kelayotgan «Besqala» turistik korxonasi hamda Orol dengizi bo`yidagi o`tovlar majmuasi haqida so`z etilgan. Maqola so`ngida esa muallif o`z auditoriyasiga Orolbo`yi hududiga tur buyurtma qilib dengizni borish ko`rish, o`tovlar majmuasida bo`lish va tungi vaqtlarda yulduzlarni kuzatishni taklif etadi.

    Boshqa yangiliklar