O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar muzeyida Din niqobi ostidagi zamonaviy tahdidlar va ularni hal etiishning ma`naviy-ma`rifiy asoslari mavzusida tadbir o`tkazildi.
Unda tegishli idoralar va tashkilotlar vakilllari, harbiy xizmatchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqan muzey direktori U.Oltinov, mayor B.To`raboev, kapitan A.Nizomov, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita bo`lim boshlig`i Z.Sultonov, Toshkent islom universiteti prorektori J.Meliqo`ziev va boshqalar ma`naviyatimizga soya solayotgan tahdidlarning mazmun-mohiyati, islomiy tushunchalarning asliyati va turli talqinlari, terrorrizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari, mazkur illatlarni bartaraf etishda harbiy xizmatchilar oldida turgan vazifalar bo`yicha fikr almashdilar.
Ta`kidlanganidek, bugungi kunda ogohlik, hushyorlik, Er yuzida mafkuraviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan ayni damda har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Turli yovuz kuchlar, dinni o`z chirkin maqsadlari yo`lida niqob qilib olgan kimsalar yoshlarni o`zlariga og`dirish uchun turli usularni qo`llayotgani, ayrim hollarda bunga muvaffaq bo`layotgani achinarlidir. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa, har birimizdan, xususan harbiy xizmatchilarimiz, osoyishtaligimiz posbonlaridan alohida sergaklik, diqqat va e`tibor talab qilinadi.
Tadbir ishtirokchilari mutaxassislardan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.





