AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to`lash tartibi belgilandi

'O`zbekistonda Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to`lash tartibi belgilandi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Darakchi.uz’ga xabar berdi.

Ushbu Nizomda O`zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to`lash tartibi belgilandi.

Stipendiya har oylik to`lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o`yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Stipendiya O`zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O`zbekiston Milliy paralimpiya qo`mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro`yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.

Stipendiya komissiyasi mas`ul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro`yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko`rib chiqadi.

Stipendiya komissiyasi yig`ilishida umumiy ovoz berish yo`li bilan stipendiya tayinlash va to`lash to`g`risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to`g`risida qaror qabul qilinadi.

Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to`lanadi.

Stipendiya harbiylar o`rtasidagi va talabalar o`rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo`lganlar uchun ham tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar