AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o`chiriladi

'Bugun Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod va Bektemir tumanlarida elektr energiyasi ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida ertaga, 6 dekabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi: 

  • Yunusobod tumani: “Islomobod”, “Uch qahramon”, “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati” hamda “Billur” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Gulbog`” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar