AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi

'Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

“O`zgidromet” 7 dekabr, payshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar