Dekabr oyining ikkinchi yarmida (aniq sana kompaniyaning rasmiy sahifalarida alohida e`lon qilinadi) 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillar uchun onlayn kontraktasiya ochilishi rejalashtirilmoqda.
Ommabop avtomobil modellarini xarid qilish uchun shartnomalar berish boshlangan kunlarda, kontraktasiyani avtosalonlardan emas, balki faqat onlayn tarzda UzAutoSavdo ilovasi va savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali rasmiylashtirish mumkin bo`ladi. Bu haqda UzAuto matbuot xizmati ma`lum qildi.
"Avtomobil ishlab chiqaruvchi ularni sotib olish uchun hozirdan tayyorgarlik ko`rishni tavsiya qiladi – dasturni o`rnatish va One ID tizimidan foydalanib ro`yxatdan o`tish mumkin" deyiladi xabarda.
Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi.
One ID tizimida ro`yxatdan o`tish tartibi:
UzAutoSavdo mobil ilovasi orqali Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi:
savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi






