1

XDPdan nomzod Xatamjon Ketmonov Farg`ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Jamiyat 05.11.2016, 14:40
Teglar: Saylov
XDPdan nomzod Xatamjon Ketmonov Farg`ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

2016 yil 5 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi prezidentligiga O`zbekiston XDPdan ko`rsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov Farg`ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Onlayn videokonferensiya shaklida viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi saylovchilarni qamrab olgan uchrashuv Rishton tuman  hokimligining katta majlislar zalida bo`lib o`tdi. 

Tadbirni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdug`affor Kirg`izbaev ochdi va olib bordi.

Dastavval, nomzodning ishonchli vakili Dilbar Mamadjanova so`z olib Xatamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan yig`ilganlarni tanishtirdi.

Shundan so`ng, so`z O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosari, partiya fraksiyasi rahbari Xatamjon Abdurahmanovich Ketmonovga berildi.

Xatamjon Ketmonov dastlab, muhim siyosiy jarayon saylovlarda xalqimiz, jumladan, butun Farg`ona ahli O`zbekiston tanlagan demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo`liga sodiqligini yana bir marta namoyon etishiga katta ishonch bildirib, shu kungacha mamlkatimizda olib borilgan keng ko`lamli islohotlar Farg`ona viloyatida ham to`la ma`noda o`z ifodasini topganini aytdi. Farg`ona va farg`onaliklar haqida gap ketganda, bu maskandan etishib chiqqan buyuk siymolar va ularning olamshumul kashfiyotlarini faxr bilan tilga oldi.

Istiqlol yillarida, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan strategik ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlarda Farg`ona viloyati ham katta yutuqlarga erishganini, ayniqsa, “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg`onaazot”, “Quvasoy sement”, “Quvasoy shifer”, “Kvars” aksiyadorlik jamiyatlari, “Farg`ona kimyo zavodi” kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari nafaqat viloyat balki, mamlakatmiz iqtisodiyotida muhim o`rin tutishini ta`kidladi.

Nomzod o`z Saylovoldi dasturi bilan yig`ilganlarni tanishtirar ekan, unda avvalo, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga qat`iy amal qilinishi, milliy manfaatlarga sodiqlik, mamlakat mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta`minlash, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O`zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo`shilish, jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamligini tilga oldi. 

U o`z ma`ruzasi orqali saylovoldi dasturining asosiy yo`nalishlari yuzasidan yig`ilganlarga batafsil ma`lumot berdi. 

Jumladan, dastur partiyaning g`oya va dasturiy maqsadlariga, xususan muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g`oyalarga asoslanishini  ta`kidlab, eng kam iste`mol xarajatlari (iste`mol savatchasi) standartlarini belgilashning asoslangan va zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy qilish, aholiga kommunal xizmatlar ko`rsatish tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish, aholi bandligini ta`minlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, ish o`rinlarini tashkil etish dasturining so`zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish,  muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning asosiy mezoni ularni hayotga tatbiq qilish orqali yaratiladigan barqaror ish o`rinlari soni bilan o`rta maxsus va oliy ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishning o`zaro bog`liqligini ta`minlash lozimligi haqida to`xtaldi.

Nomzod Saylovoldi dasturi haqida batafsil to`xtalar ekan, iqtisodiy siyosatdagi asosiy ustuvor vazifa, bu – davlatining moliyaviy-iqtisodiy qudratini oshirishni kuchli ijtimoiy siyosat bilan uyg`unlashtirish orqali aholining, xususan, uning ehtiyojmand qatlamlarining turmush darajasini yanada yaxshilashga yo`naltirishdan iborat ekanligi, bunda esa “Iqtisodiy islohotlarga – ijtimoiy samaradorlik!” shiorini ilgari surishini ta`kidladi.

Shuningdek, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjet mablag`lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo`naltiriladigan mablag`larning maqsadli ravishda sarflanishi ustidan qat`iy nazoratni kuchaytirish, davlatning o`sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlaridan aholining barcha qatlamlari, eng avvalo, kam ta`minlangan qatlamining turmush darajasini yaxshilashda foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish asosida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish, shuningdek, ularning eksport imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqobat muhitini shakllantirish kabi masalalarga e`tiborni kuchaytirish zururligi taklif etildi.

Shundan so`ng asosiy ma`ruza yuzasidan bir qator ishtirokchilar so`zga chiqdilar. 

Ular o`z chiqishlarida nomzod dasturida ilgari surilayotgan to`g`ridan-to`g`ri chet el investisiyalarini jalb qilish orqali zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, tijorat banklarining investisiyaviy loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni kreditlash tizimini soddalashtirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik va bank xizmatlari sifatini yaxshilash orqali ularning investisiyaviy faolligini kuchaytirish zarurligi to`g`risidagi fikrlarini alohida qo`llab-quvvatladilar.

Shundan so`ng savol-javoblarga navbat berildi. Unda saylovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga nomzod va uning ishonchli vakillaridan atroflicha javob olish imkoniga ega bo`ldilar.

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

26.08.2022, 10:19

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda...
Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

15.10.2021, 19:31

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1