1

Sarvar Otamuratov Namangan viloyatidagi saylovchilar va keng jamoatchik bilan uchrashdi

Jamiyat 05.11.2016, 14:42
Teglar: Saylov
Sarvar Otamuratov Namangan viloyatidagi saylovchilar va keng jamoatchik bilan uchrashdi

2016 yil 5 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Namangan viloyatidagi saylovchilar va keng jamoatchik bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda turli sohalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi saylovchilar bilan onlayn videokonferensiya orqali muloqot tarzida tashkil etildi. 

Uchrashuvni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashidagi O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari Odiljon Mamatkarimov ochib berdi va ayni kunlarda saylovoldi tashviqoti jarayoni qizg`in davom etayotganini ta`kidladi. Nomzod va uning ishonchli vakillari joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali, partiya tashviqot guruhlari ommaviy axborot vositalarida Sarvar Otamuratovning saylovoldi Dasturini tashviqot qilayotganligini aytib o`tdi. 

Nomzodning Namangan viloyatidagi ishonchli vakili Odiljon Mamadaliev ishtirokchilarga Sarvar Otamuratovni tanishtirar ekan, uning tarjimai holiga batafsil to`xtalib o`tdi.  

Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov saylovoldi Dasturi yuzasidan nutq so`zladi.

Nomzod o`z so`zida dastavval, mehmondo`st va tanti Namangan ahli o`zining betakror an`ana va qadriyatlari bilan azaldan shuhrat qozonib kelgani, viloyat mehnatkashlari o`z fidoiyligi va bunyodkorlik salohiyati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga munosib hissa qo`shib kelishayotganini e`tirof etib o`tdi.

Nomzod ta`kidlaganidek, saylovoldi Dasturda xalqaro miqyosda e`tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bardavomligini ta`minlash, tarixiy, madaniy, boy ma`naviy-axloqiy qadriyatlar va an`analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma`naviy yuksalishga erishish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. 

Namangan viloyatidagi Mug`qal`a va Axsikent kabi tarixiy yodkgorliklar, bundan ikki ming yillar avval pishiq g`ishtdan bunyod etilgan Koson-Axsikent er osti suv tarmog`i ajdodlarimizning ulkan aql-zakovati, yuksak madaniyatidan, viloyatning uzoq yillik tarixidan darak beradi.

Shundan kelib chiqqan holda nomzod o`z Dasturida xalqimizning tarixiy-madaniy merosi va madaniy yodgorliklari umumjahon ahamiyatiga molik ekanligini e`tirof etib, shaharlarimizning milliy qiyofasini saqlab qolishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, qayta ta`mirlashga ko`maklashish asosiy vazifa ekanligini qayd etdi.

Saylovoldi Dasturda aholi turmush sifati, darajasi va farovonligini oshirish – ijtimoiy sohadagi ustuvor strategik maqsad sifatida belgilanganligini ta`kidladi.

Ma`lumki, bugungi kunda Namangan viloyatida 118 ta kasb-hunar kolleji va akademik lisey mavjud bo`lib, ularning qariyb 70 foizi qishloq joylarida joylashgan. Boshqacha aytganda, bugungi kunda o`rta-maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida tahsil olayotgan o`quvchilarning 70 ming nafarga yaqini chekka qishloqlarda yashovchi o`g`il-qizlar tashkil etadi.

Shu nuqtai nazardan, ertamiz egalarining barkamol avlod bo`lib voyaga etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida Dasturda olis va etib borish qiyin bo`lgan joylardagi kasb-hunar kollejlari va akademik lisey o`quvchilari uchun imtiyozli transport qatnovini ta`minlash vazifasi ilgari surilgani ahamiyatga molik.

Namangan viloyati azal-azaldan o`zining qo`li gul hunarmandlari bilan dovrug` qozongan. Bugungi kunda ayniqsa, Chust tumanida ming yillik tarixga ega bo`lgan pichoqdo`zlik va do`ppido`zlik kabi milliy hunarmandchilik ustoz-shogird an`analari asosida shakllanib, avloddan-avlodga o`tib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz davomchilari bo`lgan hunarmandlarni qo`llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shundan kelib chiqqan holda Sarvar Otamuratov o`z Dasturida o`zbek xalqining yuksak madaniyati va iste`dodini namoyish etadigan va estetik qimmatga ega bo`lgan milliy hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, milliy badiiy maktablarning an`analarini saqlab qolishga alohida e`tibor qaratmoqda.

Shuningdek, Dasturda xorijiy mamlakatlar kutubxona, arxiv va muzeylarida saqlanayotgan moddiy boyliklarni O`zbekistonga qaytarish, oila, meros, uy-joy da`vosi va maishiy turmush manbaida tug`iladigan nizolarni sudgacha hal etish tizimini rivojlantirish, turistik faoliyat manzillarida, xalqaro aeroportlarda, vokzallarda ko`rsatilayotgan servis va xizmatlar sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan Davlat dasturini qabul qilish, milliy axborot xavfsizligini ta`minlash kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Nomzodning saylovoldi Dasturi uchrashuv ishtirokchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Saylovchilar so`zga chiqib, Dasturda ilgari surilgan vazifalar yuzasidan o`z munosabatlarini bildirdilar. Saylovchilar aytib o`tganidek, xalqimizning bebaho ma`naviy boyligini, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an`analarimizni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga bezavol etkazishda nomzod tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus va g`oyalar e`tirofga loyiqdir.

Uchrashuvda nomzodning saylovoldi Dasturini qo`llab-quvvatlab Namangan tumani Salomatlik markazi direktori Salomatxon Arzimatova, viloyat raqobat boshqarmasi bo`lim boshlig`i, Abdusamad Tojiboev, Namangan shahar transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o`qituvchisi Yulduz Rahimova va boshqalar so`zga chiqdi.

Uchrashuv so`ngida S.Otamuratov ishtirokchilar tomonidan saylovoldi Dasturi yuzasidan berilgan bir qator savollarga javob berdi.

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

26.08.2022, 10:19

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda...
Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

15.10.2021, 19:31

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1