Endi stipendiyalar haqida onlayn ma`lumot olish mumkin. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, "Ta`lim" bo`limidan "Stipendiya haqida ma`lumot" xizmatini tanlang.
Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo`yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma`lumotga ega bo`ling.
Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.
Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. O`qishni tugatgan yoki talaba bo`lmagan shaxslar uchun stipendiya ma`lumotlari mavjud emas.
Stipendiya ma`lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.
06.12.2023 17:18
Endi stipendiyalar haqida onlayn ma`lumot olish mumkin. Buning uchun...






