Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan nazorat tadbirlarida 38 ta korxonalar tomonidan 110,4 milliard so`mga teng bo`lgan 98,8 million kub tabiiy gaz o`g`irlangani aniqlangan.
Jamiyat va ta`minotchi korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, ular prosessual tartibda ushlangan.
"Avtomobillarga gaz to`ldirish kompresslash faoliyati bilan noqonuniy shug`ullanib tabiiy gazni juda ko`p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishiga hamda sakkiz yildan o`n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin", — deb eslatib o`tdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Mazkur yo`nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.






