Isroil bosh vaziri 10 yilga qamalishi mumkin, deya yozmoqda “zamon.uz”. Unga qarshi uch yillik sud jarayoni HAMASningIsroilga hujumidan so`ng vaqtincha to`xtatilgandi.
Deutsche Welle nashriga ko`ra, bu muddat tugagan va sud jarayoni qayta boshlangan. Quddus okrug sudida Netanyaxuga qarshi korrupsiya bo`yicha sud jarayoni davom ettirildi.
Uch yildan ortiq davom etgan sud jarayonida Netanyaxu uchta alohida holatda firibgarlik, ishonchni suiiste`mol qilish va pora olishda ayblanmoqda.
Netanyaxu poraxo`rlikda ayblanib, u 10 yilgacha qamoq yoki jarimaga tortilishi mumkin. Firibgarlik va ishonchni suiiste`mol qilish uchun esa uch yilgacha qamoq jazosi mavjud.






