Qo`shma Shtatlar Isroilning G`azo sektorini harbiy harakatlar tugaganidan keyin bosib olishini qo`llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo`yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlarga ma`lum qilgan.
"Biz G`azo hududini qisqartirish va aholisini doimiy ravishda ko`chirishni qo`llab-quvvatlamaymiz", dedi u.
Shu bilan birga, Kibriy eksklavning kelajakdagi ma`muriyati bilan bog`liq bir qator muammolarni hal qilish zarurligini ta`kidladi.
Amerika rasmiysiga ko`ra, G`azo ma`muriyati Falastin xalqining xohish-istaklariga amal qilishi kerak.
Avvalroq, 2 dekabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin ma`muriyatiga ishg`oldan keyin G`azo sektoriga qaytishiga ruxsat bermasligini ma`lum qilgan.





