Shvesiya poytaxti Stokgolm filarmoniyasida fizika, kimyo, tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot bo`yicha 2023-yilgi Nobel mukofotlarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. 10 nafar laureatga faxriy yorliq va oltin medallar shaxsan Shvesiya qiroli Karl XVI Gustav tomonidan taqdim etildi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.
Jumladan, tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga “Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi hamda inson huquq va erkinliklarini targ`ib qilishga qaratilgan faoliyati uchun” huquq himoyachisi Nargis Muhammadiy loyiq topildi.
Laureat hozir Tehronda qamoq jazosini o`tayotgani bois, mukofot uning farzandlariga berilgan. Qolgan barcha mukofotlar ham topshirilgandan so`ng, laureatlar, mehmonlar, va qirollik oilasi hukumat a`zolari bilan birgalikda Stokgolm meriyasida an`anaviy ziyofat bo`lib o`tdi.






